» » Farg‘onadagi metan gaz quyish shoxobchasida Lacetti portlab ketdi (foto)

Farg‘onadagi metan gaz quyish shoxobchasida Lacetti portlab ketdi (foto)


18-aprel kuni soat taxminan 19:30 da Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Buvayda qishlog‘ida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasida Lacetti avtomashinasi portlab ketgan.

“Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, portlashga propan gaz uchun mo‘ljallangan ballonga metan gaz quyilishi sabab bo‘lgan. Lacetti avtomashinasining egasi o‘zboshimchalik bilan propan gaz uchun mo‘ljallangan ballonni metanga moslashtirib olgan va undan kam miqdorda gaz quyish orqali foydalanib kelgan. Hodisa sodir bo‘lgan kuni Lacetti’ni haydovchining do‘sti boshqargan va avtomashinaga propan gaz uchun mo‘ljallangan ballon o‘rnatilganidan bexabar bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Biroq Lacetti’ga jiddiy shikast yetgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda avtomashinaning orqa qismi deyarli yo‘q bo‘lib ketganini ko‘rish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют