» » Uz-Daewoo’ning sobiq rahbarlari Rossiyada javobgarlikka tortilishi mumkin

Uz-Daewoo’ning sobiq rahbarlari Rossiyada javobgarlikka tortilishi mumkin


Ayni damda bankrotlik va yopilish jarayonida bo‘lgan “Uzdeuavto-Voronej” YoAJ distribyutorlik kompaniyasi ustidan Voronej Aribitraj sudiga ariza kelib tushdi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Ushbu ariza “Uzdeuavto-Voronej” YoAJning sobiq rahbariyati — Yuriy Kan, Hasanbek Muzaffarov va Igor Davidovlar va ularni nazorat qilgan boshqa shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish haqida bo‘lib, u “Finansoviy konsultant №1” MChJ tomonidan berilgan.

Arizaga ko‘ra, qarzlar uchun javobgarlikka kompaniyaning O‘zbekistondagi bosh tuzilmalari GM Uzbekistan, “O‘zavtosanoat” AJ va “AVTOSANOAT INVEST” MChJlar ham jalb qilinishi mumkin. Moliyaviy javobgarlikning aniq miqdori hozircha beligilanmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bankrot deb e’lon qilingan kompaniya ustidan kuzatuv 2017-yilning aprel oyida o‘rnatilgan. Kompaniya kreditorlari umumiy hisobda 18 milliard rubl talab qilmoqda.

Mart oyining boshida, Voronej arbitraj sudi Tohirjon Jalilovni mavjud bo‘lgan 854 million rubl qarzlari uchun bankrot deb e’lon qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют