» » Samarqandda gaz uskunlarini ta’mirlaydigan chilangar firibgarlik yo‘li bilan 1 mln olganida qo‘lga tushdi

Samarqandda gaz uskunlarini ta’mirlaydigan chilangar firibgarlik yo‘li bilan 1 mln olganida qo‘lga tushdi


Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi va Samarqand shahar bo‘limi xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro O.Usmonovning murojaati yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali tumanlararo 1-sonli gaz ta’minoti uchastkasi bir qavatli uylarning gaz uskunalarini ishlatish va ta’mirlash bo‘yicha chilangari vazifasida ishlovchi M.Suvonqulov qilmishlari fosh etildi. “So‘fi Roziq” mahallasida joylashgan O.Usmonovning otasi O.Begimovga tegishli bo‘lgan novvoyxona oldin Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan tarmoqdan uzilgan edi. Lekin M.Suvonqulov gaz tarmog‘iga qayta ulab berish vakolatiga ega bo‘lmasa-da, aldash yo‘li bilan gaz tarmog‘iga ulab berishni va’da qilgan. “Xizmat haqi” evaziga esa 1 million so‘m so‘ragan.

Kelishilgan vaqtda O.Usmonovdan kimyoviy ishlov berilgan 1 million so‘m pulni olib, egnidagi kurtkasining cho‘ntagiga solib, voqea joyidan ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan va tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi tomonidan Muzaffar Suvonqulovga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Samarqand shahar prokuraturasiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют