» » Xorazmda bolib otadigan Xalqaro anjuman doirasida davra suhbati tashkil etildi

Xorazmda bolib otadigan Xalqaro anjuman doirasida davra suhbati tashkil etildi


22-aprel kuni Ozbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida respublikadagi axborot-kutubxona muassasalar faoliyati rivojida dunyo tajribasini organishga bagishlangan davra suhbati bolib otdi. Tadbir 24-26 aprel kunlari Xorazm viloyatida otkaziladigan Central Asia 2019: Fan, talim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari XIII Xalqaro anjumani doirasida tashkil etildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi rahbar va mutaxassislari, hamkor davlat tashkilotlari vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Unda Urganch shahrida bolib otadigan Xalqaro anjumanning ahamiyati haqida toxtalib otildi.

Xalqaro anjuman mohiyati Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan besh tashabbusning tortinchisiga, yani aholi, ayniqsa, yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ular ortasida kitobxonlikni keng targib qilish goyasiga hamohangdir, dedi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Kitob savdosi va axborot-kutubxona resurslari bolimi rahbari V.Hamidov. Fan, talim, madaniyat, biznes sohalarida elektron axborot resurslarni qollash va bunda axborot-kutubxona muassasalari, oquv yurtlari, arxivlar, muzeylar hamda boshqa tashkilotlarning hamkorligini kengaytirish lozim. Shu nuqtayi nazardan, kutubxonalar ishining muammolari, ularning innovatsion rivojlanish yollarini izlash bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Toshkent shahar Bilim axborot-kutubxona markazi direktori H.Karimova, Ozbekiston Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi direktori Z.Berdiyeva 400 dan ziyod mutaxassis qatnashadigan ushbu Xalqaro tadbirning tajriba almashish uchun katta maydon bolishi, respublika miqyosida soha rivojiga amaliy tasir korsatishini etirof etdi.

Bu yilgi konferensiyada 10 ta xorijiy davlatdan 26 nafar ekspert ishtiroki kutilmoqda, dedi Ozbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva. Mahalliy mutaxassislardan 80 dan ziyod maqola kelib tushdi. Ular konferensiya dasturi va ilmiy toplamdan orin oladi. Tadbir doirasida respublikamizda axborot-kutubxona muassasalarining bugungi kundagi holati, sohada mavjud dolzarb muammolar tahlil qilinib, tajribalar tinglanadi, istiqboldagi rejalar belgilab olinadi.

Central Asia 2019: Fan, talim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari Xalqaro anjumanida kitob va kitobxonlik, Milliy umumtalim elektron kutubxonasi, UzNEL dasturining ishlash jarayoni, MDH va xorijiy davlatlar yirik kutubxonalari bilan aloqalarga alohida etibor qaratilishi rejalashtirilgan.

Tadbir yakunida AQSh Oregon shtati Portlend shahri kutubxona jamgarmasi ijrochi direktori Merris Sumrall, Qozogiston Milliy kutubxonasi Nodir kitoblar va qolyozmalar xizmati rahbari Tolkin Zamzayevalar bilan istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-04-2019, 22:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -