» » Real House va Radisson Group Tashkent City’da Park Inn mehmonxonasi ochilishi bo‘yicha shartnoma imzoladi

Real House va Radisson Group Tashkent City’da Park Inn mehmonxonasi ochilishi bo‘yicha shartnoma imzoladi


O‘zbekistonda turistik sohani rivojlantirishga hukumat doirasida katta e‘tibor qaratilmoqda. Ushbu sohani rivojlantirish, xususan, yurtimiz mehmonlari uchun zamonaviy talablar va halqaro standardlar asosida zamonaviy mehmonxonalar barpo etish bo‘yicha investitsion loyihalarni jadallik bilan amalga oshishini ta‘minlash maqsadida O‘zbekiston prezidenti 2019-yil 5-yanvarda “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Qarorda asosan davlat, xususiy biznes va chet ellik investorlarning o‘zaro manfaatli hamkorligi asosida tez muddatlarda O‘zbekistonda zamonaviy mehmonxonalar qurish ishlarini tashkil etish asosiy mezon etib belgilangan.

Ushbu qaror va qarorda belgilangan imtiyoz va qulay shartlarga asosan 17-aprel kuni Real House brendi (“Lotus Gas Invest” MChJ) “Radisson Group”ga tegishli bo‘lgan Park Inn mehmonxonasi bilan Tashkent City’da 300 xonadan iborat 20 qavatlik yirik halqaro mehmonxona barpo etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Kelishuv bo‘yicha shartnomalarni imzolash tadbiri “Radisson Group” ning vitsa prezidenti janob Elie Younes va Real House brendining mas’ul rahbarlari hamda tashrif buyurgan bir qancha mehmonlar va matbuot vakillari ishtirokida Real House’ning Tashkent City’da joylashgan ko‘rgazma-savdo zalida bo‘lib o‘tdi.

Radisson Group’ning visa prezidenti janob Elie Younes va Real House brendi marketing menejeri Bahtiyor Abduvahobovlar tashrif buyurganlarning savollariga javob berar ekan, ushbu mega mehmonxona zamonaviy biznes markazlari, kongres zallar, shopping va ko‘ngilochar markazlar va zamonaviy aholi turar joy komplekslarini o‘z ichiga olgan Tashkent City’ning bir qismi sifatida qurilayotgani ayni muddao ekanligi, ayni o‘rinda mehmonxona o‘z tashrif buyuruvchilariga zamonaviy Toshkent qiyofasini aks ettira olishi bilan birga, o‘zidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda biznes va hordiq uchun yuqori qulaylik yaratayotganini alohida ta‘kidlab o‘tdilar.

Ma‘lumot o‘rnida, Xalqaro Park Inn mehmonxonasi Rossiya va MDH davlatlarida (Qozog‘iston, Ozarbayjon) Radisson Group’ning 24 chi shu nomdagi loyihasi hisoblanadi. Ushbu 24 chi loyiha bilan birgalikda hisoblaganda, Park Inn Xalqaro mehmonxonalar tizimi Rossiya va MDH davlatlarida 6194 ta xonalarni o‘z ichiga olgan o‘rta qatlamga xizmat qiluvchi eng yirik mehmonxona brendiga aylanadi. Qurib bitkazilishi 2021-yilga rejalashtirilayotgan ushbu 300 xonalik muhtasham mehmonxona o‘z ichiga 50 ta xizmat apartamentlari, bitta konferensiya zali, 5 ta majlislar zallari, bitta fitness-jim va restoran va barlarni qamrab oladi.

Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekiston 5 million turist qabul qilgan va Toshkent O‘zbekistonning tashrif buyuruvchilar tomonidan afzal ko‘rilgan eng mashhur turistik manziliga aylangan.

O‘zbekiston hukumatining vatanimizda turistik sohani jadal rivojlantirishga qo‘ygan dadil qadami vatanimizga yildan yilga sayyohlar oqimini ortishiga xizmat qilishi tabiiy.

Demakki, poytaxtga mana shunday mega mehmonxona loyihalari suv va havoday zarur.

Yangi mehmonxona muborak, Toshkent!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют