» » O‘zbekistonda sement importi uchun imtiyozlarni bekor qilishni taklif etildi

O‘zbekistonda sement importi uchun imtiyozlarni bekor qilishni taklif etildi


O‘zbekistonda sement importi uchun imtiyozlarni bekor qilish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Spot. Bu Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 23-aprel kuni e’lon qilingan Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Prezident tomonidan 2018-yil yanvarida imzolangan qarori bilan 2020-yil 1-yanvarga qadar import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan mahsulot, xom ashyo va materiallar ro‘yxati tasdiqlangan. Ro‘yxatga sement, asbest, yog‘och-taxta va yog‘och-taxta materiallari, ko‘mir kiritilgan.

Endi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu ro‘yxatdan sementni olib tashlashni taklif qilmoqda. Bu qurilish materiallarini ishlab chiqarilish samaradorligini oshirishga, bozorda teng raqabat sharoitini yaratishga va mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etishga yordam beradi, deb kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют