» » O‘zbekistonda 2020-yilgacha go‘sht, kartoshka, shakar va guruch boj to‘lovlarisiz olib kiriladi

O‘zbekistonda 2020-yilgacha go‘sht, kartoshka, shakar va guruch boj to‘lovlarisiz olib kiriladi


Prezidentning “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonga olib kirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvarga qadar quyidagilarni mamlakatga bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish mumkin:

Tirik yirik qoramol, qo‘y-echkilar;

Qoramol, qo‘y va echki go‘shti;

Kartoshka, soya loviyasi;

Kungaboqar, kunjut urug‘i;

Shakar, guruch.

Shuningdek, sement, asbest, qurilish oynasi, yog‘och va ko‘mir mahsulotlari importi bo‘yicha ham 2020-yil 1 yanvarga qadar bojxona imtiyozlari taqdim etildi.

Bojxona imtiyozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlarining ehtiyojlari uchun asosiy qurilish materiallar, jumladan, sement klinkeri va asbestni import qilganda ham qo‘llaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют