» » Samarqandda Yaponiyaga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolarni chuv tushirgan firibgar ustidan hukm o‘qildi

Samarqandda Yaponiyaga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolarni chuv tushirgan firibgar ustidan hukm o‘qildi


Samarqand tuman “Xo‘ja Ahror Vali-2” mahallasida yashovchi 1965-yilda tug‘ilgan O‘ktam Islomov 2018-yilning avgust oylarida L.M. ismli ayolga o‘zini fuqarolarni Yaponiya davlatiga jo‘natib ish bilan ta’minlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs deb tanishtirgan.

O‘ktam Islomov L.M.ning ishonchiga kirib, uning ikki nafar o‘g‘li R.Y. va N.Y.ni Yaponiya davlatiga mo‘may oylik maosh to‘lanadigan joyga ishga joylashtirishini ma’lum qilgan. O‘ktam Islomov ayoldan jami 4500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

O‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirgan O‘ktam Islomov X.Z.ni ham aldab, Yaponiyaga ishga yuborishini aytib, 1500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Ikki kishini o‘z yolg‘onlariga ishontirgan O‘ktam Islomov o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, fuqaro K.A.ni ham Yaponiya davlatiga jo‘natishga va’da berib undan ham 1500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudi sudyasi Dilshod Nuraliyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha o‘zgalarni firibgarlik yo‘li bilan chuv tushirib kelgan O‘ktam Islomovning jinoiy harakatlari atroflicha o‘rganilib, sud hukmi o‘qilgan. Sud hukmiga ko‘ra, O‘ktam Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan firibgarlik) keltirilgan jinoyatlarni sodir etilganlikda aybdor deb topilib 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют