» » Navoiyda pora olgan pasport stol boshligiga sud hukmi oqildi

Navoiyda pora olgan pasport stol boshligiga sud hukmi oqildi


Navoiy viloyat Karmana tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bolinmasi boshligi lavozimida ishlab kelgan I.Ostonov (ism-familiyalar ozgartirilgan) pora olishda ayblanib, jazolandi, deya xabar berdi OzA.

Malum bolishicha, u fuqarolarni tuman hududida doimiy yoki vaqtincha royxatga kiritish va royxatdan chiqarish ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish kabi vakolatlaridan boylik orttirish yolida foydalanishga uringan.

Xususan, oz manfaatini kozlab, fuqaro D.Jumayevni tanishi bolgan Karmana tumani Yoshlik MFY posboni S.Komilovning uyiga doimiy royxatga qoyish evaziga undan 500 ming som miqdordagi pullarni pora tariqasida talab qilgan.

D.Jumayevga doimiy royxatga qoyish uchun tolanishi lozim bolgan 4.055 som miqdordagi tolovni va shu kungacha hisobda turmasdan yashab kelganligi sababli 101.365 som miqdordagi mamuriy jarima tolovi undirilmasligini, fuqarolik pasportiga oldingi sana bilan royxatga qoyilganligi haqida soxta malumotlar va yozuvlarni kiritib berishni vada qilgan.

2018-yil 28-dekabr kuni otkazilgan tezkor tadbirda D.Jumayevdan kimyoviy ishlov berilgan 500 ming som miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qolga olingan.

2019-yilning 23-aprel kuni jinoyat ishlari boyicha Karmana tuman sudi I.Ostonovni JKning 210-moddasi 1-qismi va 209-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topgan va ikki yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilish, shuningdek, 2 yil-u 8 oy 5 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-04-2019, 15:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -