» » Termizda kam taminlangan fuqarodan pora talab qilgan hokimlik mutaxassisi hibsga olindi

Termizda kam taminlangan fuqarodan pora talab qilgan hokimlik mutaxassisi hibsga olindi


25-noyabr kuni Termiz tuman hokimligining sanoatni rivojlantirish, kommunikatsiya va qurilish boyicha bosh mutaxassisi Bahodir Rustamov (ism-shariflar ozgartirilgan) kam taminlangan fuqaro Muhabbat Aqiyevadan yangi uy olish uchun royxatga qoyish evaziga 300 AQSh dollari miqdorida pora olayotganida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, Turon 24 xabar berdi.

Muhabbat Aqiyeva Termiz shahridagi Amu sohili mahallasida kam taminlangan oilalar uchun qurilayotgan uch qavatli uylardan bitta xonadonni olish uchun ariza yozgan. Buning uchun Termiz tumani hokimligidagi mansabdor shaxsga murojaat qilgan.

Mutasaddi esa undan royxatga kiritish evaziga 300 AQSh dollari soragan.

Bahodir Rustamov mazkur uy qurilishida qatnashayotgan xususiy korxona rahbari orqali 300 AQSh dollari va fuqaroning pasporti nusxasini olgan vaqtida tuman IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qozgatilib, tergov olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-11-2018, 17:30)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -