» » Zulfiya mukofoti uchun o‘tkaziladigan tanlovning Termiz shahar bosqichida pora so‘ragan ayol qo‘lga olindi

Zulfiya mukofoti uchun o‘tkaziladigan tanlovning Termiz shahar bosqichida pora so‘ragan ayol qo‘lga olindi


Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning Termiz shahar bosqichida nomzodni viloyat bosqichiga o‘tkazish evaziga 200 AQSh dollari so‘ragan shaxs pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, Turon24 xabar berdi.

Voqea 17-noyabr kuni Termiz shahrida ro‘y bergan. Pora olgan ayol Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limining ma’naviy-axloqiy, tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi mudiri vazifasida ishlab kelgan. U ismi oshkor etilmagan fuqaroga qizini Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning shahar bosqichidan viloyat bosqichiga o‘tkazib berishini aytgan. Buning uchun 200 AQSh dollari berishini talab qilgan.

Qonunbuzar pora olayotgan vaqtda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Termiz tuman bo‘limi tomonidan ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ustida qo‘lga olingan ayol oldin ham firibgarligi uchun sudlanib, 2017-yilning 5-iyulida jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining hukmi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют