» » O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2019-yilning birinchi choragida 9,4 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2019-yilning birinchi choragida 9,4 foizni tashkil etdi


O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2019-yilning birinchi choragida 9,4 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2018-yilning yanvar—dekabriga (9,3 foiz) nisbatan 0,1 foizga ko‘p, biroq 2018-yilning yanvar—mart oylariga nisbatan 0,3 foizga pastroqdir. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Eng yuqori ishsizlik darajasi 9,7 foiz bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Toshkent shahrida (8,0 foiz) aniqlandi. Ishga muhtoj aholi soni 1 391,1 ming kishini tashkil etdi. Ishsizlik darajasi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida 15,3 foizni, shundan 15—25 yoshlilar o‘rtasida 17,1 foizni, ayollar ishsizligi esa 13,0 foizni ko‘rsatdi.

Mehnat resurslari miqdori mehnatga layoqatlilar sonining 183,2 ming kishiga ortgani hisobiga 18 953,8 ming aholini tashkil etdi. Bu 2018-yilning yanvar—mart oylariga nisbatan 1 foizga ko‘p.

Ijtimoiy faol aholi soni esa 14 767,1 mingga yetgan (2018-yil yanvar—mart oylariga nisbatan 1 foiz yuqori). Bunda rasmiy ijtimoiy sektordagi bandlik 5 412,1 ming kishini tashkil qiladi. Mazkur ko‘rsatkich ijtimoiy sohada band bo‘lganlar (92,2 mingga), shuningdek, patentga ega yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlar (76,9 mingga) ortishi hisobiga 176,3 mingga (3,4 foizga) ko‘paygan.

Norasmiy sektordagi bandlik esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkich bilan bir xilda qolgan — 7 963,9 ming kishi. Bunda vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar soni (41,9 mingga) oshgani kuzatilgan, mehnat shartnomalarisiz ishlayotganlar va maxsus ruxsatnomasiz tadbirkorlik faoliyatini olib borayotganlar soni esa umumiy olganda biroz (3,6 mingga) kamaygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют