» » Interpol Kim Chon Nam o‘ldirilishida gumon qilinayotgan KXDRning 4 nafar fuqarosini qidiruvga berdi

Interpol Kim Chon Nam o‘ldirilishida gumon qilinayotgan KXDRning 4 nafar fuqarosini qidiruvga berdi


Interpol tomonidan Shimoliy Koreya yetakchisi akasi Kim Chon Nam o‘ldirilishida gumon qilinayotgan KXDRning 4 nafar fuqarosiga qizil bildirishnoma berildi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi. 

Qizil bildirishnoma nomiga order berilgan shaxsning yashash joyini aniqlash va qo‘lga olish lozimligini anglatadi.

Ularga nisbatan ekstraditsiya yoki qonunda belgilangan boshqa choralar qo‘llanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Malayziya huquq-tartibot idoralari fevral oxirida KXDRning 4 nafar fuqarosini qidiruvga berishni so‘rab, Interpolga murojaat etgandi.

Ular hodisa kuni Kuala-Lumpurni tark etgan va hozirda Pxenyanda ekanligi taxmin qilinadi. 

Опубликовано: admin (16-03-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют