» » Xivada IIB ko‘chma tayanch punkti tashkil etildi (foto)

Xivada IIB ko‘chma tayanch punkti tashkil etildi (foto)


Xivada shahar hokimligining homiyligi ostida Ichki ishlar bo‘limining ko‘chma tayanch punkti tashkil etildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilov xabar berdi.

Xiva shahrining markazida joylashgan ushbu ko‘chma tayanch punktida Ichki ishlar xodimlarining namunali xizmat olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Tayanch punktida bevosita yaqin hududlarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali tevarak-atrofni doimiy kuzatib borish imkoniyati mavjud. Shuningdek, tayanch punktida xodimlarning uzluksiz xizmat olib borishlarini ta’minlash maqsadida dam olish va maishiy-gigiyena hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni saqlash xonalari yaratilgan.

Zamonaviy qurilish materiallari asosida yaratilgan mazkur tayanch punkti peshlavhasiga o‘rnatilgan svetodiot lampali targ‘ibot pannosi bilan mahalliy aholi va xorijiy sayyohlarning diqqatini o‘ziga tortadi.

2019-yilning 23-aprel kuni mazkur tayanch punktida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda Xorazm viloyatidagi barcha shahar va tumanlar Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdi. Tayanch punktining qulaylik va afzalliklari hududiy IIB rahbarlari tomonidan yuqori baholandi va shu kabi tayanch punktlarini viloyatning barcha shahar va tumanlarida tashkil etishga qaror qilindi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, zarurat tug‘ilgan paytda mazkur tayanch punktini bir manzildan ikkinchisiga o‘tkazish imkoniyati ham mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют