» » 2017-yilda O‘zbekistonning olis hududlarida qo‘shimcha tarzda 175 ta ichki ishlar bo‘limi va 824 ta militsiya tayanch punkti tashkil etildi

2017-yilda O‘zbekistonning olis hududlarida qo‘shimcha tarzda 175 ta ichki ishlar bo‘limi va 824 ta militsiya tayanch punkti tashkil etildi


Xalqaro press-klubda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, aholining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Qutbidin Burhonovning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarga qulayliklar yaratish, ichki ishlar organlarini aholiga yaqinlashtirish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini tizimli tashkil etish maqsadida ichki ishlar bo‘limlaridan olisda joylashgan aholi punktlarida qo‘shimcha 175 ta ichki ishlar bo‘limi hamda 824 ta tayanch punkti tashkil etilgan. Profilaktika inspektorlari soni 1102 nafarga oshirildi, vazirlik huzurida Tergov departamenti, joylarda esa surishtiruvchilar instituti shakllantirildi.

2017-yilda mamlakatda avvalgi yilga nisbatan jinoyatlar soni 15,7 foiz kamaydi. O‘tgan yil davomida 1079 ta mahallada umuman jinoyat sodir etilmadi.

Patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari statsionar postlarining 74 tasi tugatildi. O‘tgan yilda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 3,7 milliondan ortiq qoidabuzarlik holati aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют