» » AQSh “Hizbulloh” mablag‘lari haqidagi ma’lumot uchun 10 mln dllargacha to‘lashga tayyorligi ma’lum qilindi

AQSh “Hizbulloh” mablag‘lari haqidagi ma’lumot uchun 10 mln dllargacha to‘lashga tayyorligi ma’lum qilindi


AQSh “Hizbulloh”ning teraktlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy operatsiyalarga chek qo‘yishga imkon beradigan ma’lumotlar uchun 10 million dollargacha mukofot joriy qiladi. Bu haqda Davlat kotibi yordamchisi Maykl Evanoff ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Biz ‘Hizbulloh’ mablag‘lari oqimiga to‘siq qo‘yish niyatidamiz. Bizga bu borada kelib tushadigan barcha ma’lumotlar sir saqlanadi. Buning uchun adliya vazirligi saytidan foydalanish mumkin”, —dedi Evanoff.

Qayd etilishicha, AQSh Moliya vazirligi “Hizbulloh”ga qarshi moliyaviy cheklovlar yuzasidan 2017-yildan beri qator choralar ko‘rib kelmoqda. Jumladan, bunda gumon qilingan Argentina va Paragvaydan tortib Gambiyagacha bo‘lgan hududlarda 40 ga yaqin shaxs va tashkilotlar nomi e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют