» » Qashqadaryoda traktor ag‘darilishi oqibatida jabrlangan fuqaro vertolyot orqali kasalxonaga yetkazildi (foto)

Qashqadaryoda traktor ag‘darilishi oqibatida jabrlangan fuqaro vertolyot orqali kasalxonaga yetkazildi (foto)


22-aprel kuni FVB navbatchilik qismiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali tomonidan Dehqonobod tumanida traktor ag‘darilishi natijasida jabrlangan og‘ir ahvoldagi fuqaroga yordam ko‘rsatish zarurligi bo‘yicha murojaat qilingan, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.M. boshqaruvidagi traktori bilan dala maydoniga ekin ekish vaqtida, surunkali yomg‘ir yog‘ishi ta’siri hamda texnika xavfsizligiga qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida ag‘darilib ketgan.

Natijada, og‘ir tan jarohati olgan B.M. Oqqishloq aholisi tomonidan zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun qishloq vrachlik punktiga olib borilgan. Mutaxassislar jabrlanganga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish lozimligi aniqlanib, bemorni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga etkazish kerakligini aytgan.

Biroq noqulay ob-havo, yo‘llardagi nosozlik, shuningdek, qishloq va tuman markazi o‘rtasidagi uzoq masofa tufayli bemorga zudlik bilan yordam ko‘rsatishning imkoni bo‘lmagan.

Shu sababli  Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining murojaati asosida Janubi-G‘arbiy alohida harbiy okrug tomonidan bemorni evakuatsiya qilish uchun Mudofaa vazirligiga tegishli MI-171 vertolyoti ajratilib, fuqaro B.M. qutqaruvchilar nazorati ostida Qarshi shahridagi Xonobod aerodromiga etkazilgan.

Bemor aerodrom hududidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga etkazilgan. Hozirgda bemorga barcha zaruriy ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют