» » Britaniya Kengashi ijodiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturini yo‘lga qo‘ydi

Britaniya Kengashi ijodiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturini yo‘lga qo‘ydi


Creative Spark dasturi O‘zbekistonda ijodiy tadbirkorlikni rivojlantirish va Britaniya universitetlari bilan xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekistonda har yili bir necha ming talaba OTMini bitiradi va katta hayotga birinchi qadamini qo‘yadi. Ularning aksariyati ajoyib qobiliyatlar va ijodiy g‘oyalarga ega, ammo bu bilan qanday qilib pul topish mumkinligini bilishmaydi

OTM bitiruvchilariga va yosh tadbirkorlarga o‘zlarining ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishda yordam berish maqsadida Britaniya Kengashi tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha oliy ta’lim sohasidagi Creative Spark dasturini tashkil etdi.

Creative Spark Buyuk Britaniyadagi OTMlari va mazkur dasturda ishtirok etayotgan mamlakatlar o‘rtasida ijodiy tadbirkorlik bilimlarini oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun besh yillik dastur hisoblanadi. Dasturda Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston), Janubiy Kavkaz (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya) va Ukraina davlatlari qatnashadi.

Dasturni amalga oshirishning birinchi yilida unga 10 mingdan ortiq talaba va yosh tadbirkorlar jalb qilinishi rejalashtirilmoqda.

“Britaniya Kengashi tadqiqotlariga ko‘ra Markaziy Osiyodagi universitetlarning talabalari va bitiruvchilari muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ajoyib ijodiy salohiyatga ega ekanligini aniqlangan. Britaniya universitetlari OTM o‘rtasida xalqaro aloqalarni o‘rnatishga yordam beradigan maxsus dasturni yaratish va rag‘batlantirishda ishtirok etish uchun taklif qilinganida, Londonning Goldsmits kolleji ixtiyoriy ravishda ishtirok etdi, chunki bu kollej direktori ilgari O‘zbekistonga tashrif buyurgan va bu mamlakatning boy va qiziqarli madaniyati borligini ko‘rgan. Va biz bu yerga ta’lim usullarini taqqoslash, talabalar bilan ishlash va respublikada zamonaviy san’atni o‘rganish uchun keldik”, — deydi Creative Spark’ning ilk treninglar seriyasi kuratori Shon Praym.

Creative Spark dasturi uch asosiy elementdan iborat:

“Universitetlar, ijodkor talabalarni qo‘llab-quvvatlash usullarini o‘zgartirib, nafaqat yaxshi rassom yoki dizayner bo‘lishga, balki o‘z iste’dodini biznesga aylantirishga ham o‘rgatadi, deb umid qilamiz. Menimcha, bizning dasturimiz ijodiy iqtisodga ta’sir qilishi va tadbirkorlarning yanada kuchli bo‘lishiga yordam beradi. Balki universitetlar o‘zlarining o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqarlar va o‘quvchilarni o‘z bizneslarini tashkil etishga yordam berishga ko‘proq e’tibor berishar”, — deydi Creative Spark’ning birinchi treninglar seriyasi kuratori Nikola Tyorner.

Creative Spark’ning maqsadi — ijodiy tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatli Britaniya tajribasini o‘rganish va Buyuk Britaniyadagi universitetlar va ishtirok etayotgan mamlakatlar OTMlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. Moliyalashtirish talabalar va tadbirkorlar o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha turli treninglar va tadbirlarni qamrab olishi mumkin: g‘oyalar va biznesni boshlashdan to intellektual mulkni himoya qilishgacha.

“Ijodkor yoshlarni tarbiyalash vaqti keldi. O‘zbekistonning hech bir ta’lim muassasasida ijodiy fikrlashni o‘rgatadigan maxsus intizom mavjud emas. Men o‘quvchilarga o‘z ishlarida ijodiy yondoshishlarini o‘rgatish uchun o‘z modulimni tashkil qilmoqchiman.

Shuningdek, biz hamkasblarim bilan oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotib, o‘z biznesini boshlashi uchun universitet qoshida ma’lumotlar bankini va talabalar startaplarini yaratishni rejalashtirmoqdamiz”, — deydi, Creative Spark a’zosi, madaniyat va san’at instituti o‘qituvchi Manzura Yo‘ldosheva.

O‘zbekiston madaniyat va san’at institutida birinchi seminarlar turkumida Londondagi Goldsmits kollejining vakillari — Nikola Tyorner, Shon Praym va Adrian de la Kurlar ishtirok etidilar.

Nikola Tyorner — NT Creative Arts kompaniyasi direktori, Goldsmits kollejida “Ijodiy va madaniy tadbirkorlik” bo‘yicha magistrlik dasturining kichik o‘qituvchisi.

Shon Praym – Goldsmits kollejida “Madaniyat va ijodkorlik sanoatidagi tadbirkorlik” kursi direktori, tajribali murabbiy, ko‘makchi va maslahatchi.

Adrian de la Kur - Goldsmits kollejida “Madaniyat va biznes sanoatidagi tadbirkorlik” kursi lektori, prodyuser, xoreograf, rejissor.

“Bu kurs o‘zining betakrorligi va bu yerda berilgan bilimlar O‘zbekiston hududida topilmasligi bilan ajralib turadi. Ushbu dasturning afzalligi shundaki, biz hech qayerga borishimiz shart emas, odamlar o‘zlari oldimizga kelishadi. Bizda biznes sheriklarimiz bilan birgalikda ijodiy studiyamiz bor va treninglarda turli xil amaliy mashg‘ulotlarni tahlil qilish biz uchun juda foydalidir: biz qayerlarda xato qilganimizni va qayerda to‘g‘ri qilganimizni tushunamiz. Biz uchun olingan bilimlar juda muhim va biz ularni bu sohada keng tarqatamiz”, — deydi Creative Spark ishtirokchisi va yosh tadbirkor Zulfiya Abdulina.

Talabalar va yosh tadbirkorlar Creative Spark dasturida o‘zbek va ingliz OTMlari bilan konsorsiumda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun loyiha arizasini ishlab chiqish va uni Britaniya universiteti orqali taqdim etish kerak. Arizalar olti hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

O‘qitish yiliga bir necha bor Britaniya universitetlarining murabbiylari bilan intensiv treninglar shaklida o‘tkaziladi. Ilgari, dastur doirasida O‘zbekistonning ijodiy yo‘nalishdagi OTMlari o‘qituvchilari ijodiy tadbirkorlikni o‘qitish usullarini o‘rganish uchun londonlik hamkasblari oldiga tashrif buyurgan edilar.

Creative Spark’da ishtorik etish uchun arizalarni Buyuk Britaniyadagi hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqib, joriy yilning 12-mayigacha topshirish kerak.

To‘liq ma’lumotni telefon orqali olishingiz mumkin: (+998) 71?205?06?60

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur, 107-B uy

Mo‘ljal: Xalqaro biznes-markaz, “Bodomzor” metro bekati

Sayt: britishcouncil.uz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют