» » Osiyo chempionati. Bobousmon Boturov hindistonlik bokschini taslim qilib, finalga chiqdi

Osiyo chempionati. Bobousmon Boturov hindistonlik bokschini taslim qilib, finalga chiqdi


25-aprel, payshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finali doirasida yana bir jang yakunlandi.

-69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Boturov yarim final jangida hindistonlik Ashishga qarshi ringga chiqib, raqibini ochkolar hisobiga katta ustunlik bilan mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Natijada Osiyo chempionati finaliga chiqqan o‘zbekistonlik bokschilar soni 4 nafarga yetdi.

Avvalroq erkaklar o‘rtasida Nodirjon Mirzaahmedov, Miraziz Mirzahalilov, hamda Sanjar Tursunov yarim final janglarida raqiblarini mag‘lub etib, finalga chiqqan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют