» » Osiyo chempionati. Maftuna Meliyeva mezbon bokschini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

Osiyo chempionati. Maftuna Meliyeva mezbon bokschini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi


23-aprel, seshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining beshinchi kungi janglari doirasida o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokida so‘nggi jang bo‘lib o‘tdi.

Ayollar o‘rtasida -64 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Maftunaxon Meliyeva chorak finalda tailandlik bokschi Suchada Panichga qarshi ringga ko‘tarildi. 3 raund davom etgan jangda Maftunaxon raqibini ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun erkaklar o‘rtasida Shukurjon Rahimov, Sanjar Tursunov, Bobousmon Boturov hamda Bahodir Jalolov g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqqan bo‘lsa, Isroil Madrimov esa mag‘lubiyatga uchradi.

Ayollar o‘rtasida Rayhona Qodirova va Mavluda Mavlonova chorak finalda imkoniyani boy berib, musobaqadagi yurishini yakunladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют