» » Maktabgacha ta’lim vazirligi bolalar ovqatiga sifatsiz go‘sht solinayotgani haqidagi videoga izoh berdi

Maktabgacha ta’lim vazirligi bolalar ovqatiga sifatsiz go‘sht solinayotgani haqidagi videoga izoh berdi


Joriy yilning 23-aprel kuni internet tarmog‘ida Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 15-MTMda bolalar ovqatiga sifatsiz go‘sht solinayotganligi haqida videolavha e’lon qilindi. Ushbu holat Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi komissiyasi tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi va uning natijalari bo‘yicha Maktabgacha ta’lim vazirligi ma’lumot tarqatdi.

Joriy yilning 5-aprel kuni ushbu muassasaga “Mahmud Sardor Fayz” dehqon xo‘jaligi tomonidan 52 kilogramm mol go‘shti keltirilgan. Ushbu mol go‘shti MTM brakeraj komissiyasi ishtirokida sifati va sifatini tasdiqlovchi hujjatlar (forma-4) asosida kirim qilingan.

11-aprel kuniga 7,2 kilogramm go‘sht qoldiq qolgan. Joriy yilning 10-aprel kuni soat taxminan 19:00 dan 11-aprel tong sahar 04:00 ga qadar muassasa elektr ta’minoti tizimida uzilish bo‘lgan. Buning natijasida muzlatgichdagi 7,2 kilogramm go‘sht mahsuloti o‘z sifatini yo‘qotgan.

Bu holat 11-aprel kuni muassasa ombor mudiri va oshpazi tomonidan aniqlangach, go‘sht iste’moldan olinib, uning o‘rnini bosuvchi sifatida tuxum iste’molga chiqarilgan (ota-onalarning yozma ko‘rsatmasi mavjud). Ya’ni bolalar taomiga buzilgan go‘sht emas, balki tuxum solingan.

Muassasa brakeraj komissiyasi tomonidan aynigan go‘shtni hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnoma tuzilgan. Go‘sht oshxonadan olib chiqilishi arafasida, ochiq eshikdan ota-onalar nomidan ikki shaxs kirib kelib, mahsulotni tasvirga tushirgan va aynan shu tasvir bolalarga sifatsiz mahsulotlardan taom tayyorlanayotganligi sharhi bilan internetda e’lon qilingan. Voqea to‘liq tafsilotlaridan xabardor bo‘lgan ota-onalarning taomga go‘sht o‘rniga tuxum ishlatilganligi bo‘yicha tushuntirishlari videotasvirni tarqatgan manbaga yuborilgan (ammo manba buni inobatga olmagan).

Komissiya ushbu voqeani hamda muassasadagi holatni batafsil o‘rganib chiqdi va muassasadagi brakeraj komissiyasi tomonidan mahsulotlarni saqlash qoidalari qo‘pol buzilganligini aniqladi.

Shuningdek, muassasada nosog‘lom muhit yuzaga kelgan va muassasa rahbari tomonidan uni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmagan. Faoliyatida yuqoridagi holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun Qibray tumanidagi 15-MTM mudirasi va omborchisi bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют