» » Xorazmda 4 bosqichli maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi (foto)

Xorazmda 4 bosqichli maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi (foto)


Xorazmda “Zilzila natijasida yuzaga kelgan yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda korxona fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Bu haqda Xorazm viloyati FVB “Daryo”ga xabar berdi.

Ushbu mashg‘ulot Xorazm viloyati hokimi, Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2019-yil 21-yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2018-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2019-yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 3-8 (XDFU)-sonli buyrug‘iga asosan o‘tkazildi.

O‘quv mashqini o‘tkazish davomida tuman FVDT xizmatlari hamda korxona Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini zilzila natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari hamda ko‘nikmalari takomillashtirildi.

O‘quv mashqi 4 bosqichda o‘tkazildi:

Birinchi bosqich:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali FM tuzilmalari aloqa va xabar berish guruhining faoliyati va korxona hududida sodir bo‘lgan yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda korxona Fuqaro muhofazasi tuzilmalari va shahar FVDT xizmatlariga tasdiqlangan ogohlantirish sxemasi orqali xabar berish bo‘yicha harakatlari amalda tekshirildi va “Yig‘in” xabari orqali barcha shaxsiy tarkib va talabalarning filial hududidan xavfsiz hududga evakuatsiya qilish to‘g‘risida topshiriqlar berildi. Topshiriqlar asosida barcha shaxsiy tarkib va talabalarning xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va “Yig‘in” xabari bo‘yicha Fuqaro muhofazasi tuzilmalari va shahar FVDT xizmatlarini belgilangan muddatlarda yetib kelishi va saflanishi nazoratga olindi.

Ikkinchi bosqich:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali hududiga berilgan “Yig‘in” xabari bo‘yicha korxona Fuqaro muhofazasi tuzilmalari tuman FVDT xizmatlarining sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorgarlik holati tekshirildi va har bir guruh sardori va tuman FVDT xizmatlari boshliqlarining o‘quv mashqiga tayyorgarlik yuzasidan axborotlari tinglandi. Shu qatorda o‘quv mashqining amaliy bosqichlarini olib borilishi bo‘yicha filial shtab boshlig‘i tomonidan ishlab chiqilgan xarita yordamida yo‘nalishlar berildi, shaxsiy tarkibning himoya vositalaridan foydalanishlari amalda tekshirildi va tegishli ko‘satmalar berildi.

Uchinchi bosqich:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali hududida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida filialning ma’muriy binosi va atrofidagi qo‘shimcha binolardan ishchi xodimlar va fuqarolar, bundan tashqari moddiy boyliklarni xavfsiz hududlarga ko‘chirish tadbirlari amalga oshirildi. Evakuatsiya tadbirlari davomida korxona ichkarisidan jarohatlanganlar xavfsiz hududlarga olib chiqilib, ularga korxona sanitariya guruhi va Urganch shahar TTYO xizmati xodimlari tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari amalda bajarildi.

To‘rtinchi bosqich:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali hududida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlarini bartaraf etish va yong‘inni kengayishini oldini olish, moddiy boyliklarni nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida korxona yong‘inga qarshi kurash guruhi va shahar Yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan yong‘in oqibatlari o‘z vaqtida bartaraf etildi. Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida tan jarohati olgan ishchi xodimlar filial qutqaruv guruhi hamda viloyat FVB qutqaruv otryadi bilan hamkorlikda xavfsiz hududga olib chiqilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari tashkillashtirildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan tadbir davomida viloyat FVB qutqaruv otryadi va yong‘in xavsizligi xizmatining maxsus qidiruv-qutqaruv va yong‘in o‘chirish asbob-anjomlarining ko‘rgazmali namoyishi o‘tkazildi va talabalar va ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqiga Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar va Yong‘in xavfsizligi boshqarmalaridan 16 nafar xodim, 2 ta texnika hamda zaruriy asbob-anjomlar;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali Fuqaro muhofazasi tuzilmalari va rahbar tarkibidan 50 nafar xodim, kuzatuvchi sifatida 110 nafar o‘qituvchi xodimlar va 480 nafar talabalar, jami 640 nafar shaxsiy tarkib va zaruriy asbob-anjomlar, jami 662 nafar xodim, 4 ta maxsus texnika va zaruriy asobob-anjomlar jalb etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют