» » Misrda favqulodda holat tartibi yana uch oyga uzaytirildi

Misrda favqulodda holat tartibi yana uch oyga uzaytirildi


Misr bosh vaziri Mustafo Madbuliy qaroriga binoan mamlakatda favqulodda holat tartibi yana uch oyga uzaytirildi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

Favqulodda holat tartibi 25-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:00 dan uzaytirilgan. Boshqa qarorga ko‘ra, Sinay yarim orolining Isroil bilan chegaradosh shimoliy qismida komendantlik soati joriy etilgan.

Misrda favqulodda holat tartibi 2017-yilning aprel oyida, ikki cherkovda kamida 45 kishi halok bo‘lgan portlashlardan so‘ng joriy etilgan edi. Shundan buyon hukumat uni doimiy ravishda uch oyga uzaytirib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют