» » Kursantlar Toshkent shahri bo‘ylab “Sharaf lentasi”ni tarqatdi (foto)

Kursantlar Toshkent shahri bo‘ylab “Sharaf lentasi”ni tarqatdi (foto)


Bugun, 25-aprel kunidan Ikkinchi jahon urushida matonat ko‘rsatgan insonlarga ehtirom ramzi sifatida Toshkentda “Sharaf lentasi”ni ulashish aksiyasi boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4298-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yil may oyining birinchi o‘n kunligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiori ostida dekada e’lon qilindi.

Lenta tarqatish marosimi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosi yonida o‘tkazildi. Marosimning ochilishida Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati, taniqli fan, ta’lim va madaniyat namoyondalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri jo‘rligida yangragan musiqa sadolari ostida akademiya kursantlari, ittifoq faollari hamda ko‘ngillilar milliy bayroq ramzi tushirilgan “Sharaf lentasi”ni aholi vakillariga ulashdi.

An’ana shundan so‘ng poytaxtning diqqatga sazovor va so‘lim joylari, jumladan, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi maydoni, Sayilgoh ko‘chasi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet atrofi – “Talabalar shaharchasi”da davom etdi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur lentani tarqatish aksiyasi bugundan butun mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют