» » O‘zbekiston Qurolli Kuchlar yosh ofitserlari bir oy davomida malakasini oshirdi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar yosh ofitserlari bir oy davomida malakasini oshirdi


Bugun, 30-mart kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi majlislar zalida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari uchun tashkil etilgan bir oylik malaka oshirish o‘quv-kursi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda institut rahbariyati, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi vakillari, bitiruvchilar ishtirok etdi.

“O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining barcha tizimlaridan jalb etilgan ofitserlarga bir oy davomida malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan boshqaruv psixologiyasi va sotsiologiyasi, muloqot psixologiyasi, boshqaruvda liderlik va yoshlar psixologiyasi, yoshlarga oid davlat siyosati, inson resurslarini boshqarish va davlatning iqtisodiy siyosati fanlaridan chuqur bilimlar berildi. Bu bilimlar bizning kelgusi faoliyatimizda dasturilamal bo‘lishi, shubhasiz”, – deydi mayor Akbar Yarmatov.

Bitiruvchilarga sertifikatlarni O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori Aktam Jalilov hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev topshirdi. Mudofaa vazirligi ofitserlariga O‘zbekiston Mudofaa vazirligi yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti belgisi tantanali taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют