» » Andijonda xotinini telefon quvvatlagich bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan shaxs 12 yilga qamaldi

Andijonda xotinini telefon quvvatlagich bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan shaxs 12 yilga qamaldi


2019-yil 15-aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi tomonidan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan Oltinko‘l tumani fuqarosi Sh.A.Z (erkak kishi)ga oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi raisi Kamolov H.L. xabar berdi.

Sh.A.Z (erkak kishi) 2018-yil 24-oktyabrdan 25-oktabrga o‘tar kechasi, soat 00:30 larda akasi Sh.B.Z. qilayotgan to‘y oldi marosimidan o‘zining yashash uyiga qaytib kelgan. Turmush o‘rtog‘i Sh.Z.A.ga, opasi D.N.Z. uchun yotoq joy solib berishini aytganda Sh.Z.A. yotoq joy solib bermasligini, opasiga xizmat qilishga toqati yo‘qligini aytib janjal ko‘targan. Shu xususida er-xotin o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal davomida xotini Sh.Z.A. ikki nafar farzandlari H. (o‘g‘il bola) va H. (o‘g‘il bola)ning otasi boshqa shaxs ekanligini aytgan. Bundan jahli chiqib ketgan er (Sh.A.Z.) shu vaqtda yotoqxonadagi javonda turgan uyali aloqa vositalarini quvvatlantiruvchi simni olib, xotini Sh.Z.A.ning bo‘yin sohasidan o‘tkazgan holda bo‘g‘ib, yerga yiqitgan. So‘ng qo‘llari bilan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Sh.Z.A.ning tanasida bo‘yin a’zolarining siqilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, bo‘yin o‘rta uchligidagi bir izli strangulyatsion egat jarohati mavjudligi aniqlangan. Bo‘yin teri osti yumshoq to‘qimasi va mushaklariga qon quyulishlari, bundan tashqari, qalqonsimon tog‘ay va til osti suyagi atrofi yumshoq to‘qima va mushaklariga, ko‘z qovog‘ining shilliq qavatlariga ham qon quyulishi kuzatilgan. Ichki a’zolarining to‘laqonligi va to‘q qizil suyuq qon mavjudligi, tan jarohatlarini olgani, ushbu og‘ir tan jarohatlarini olgani natijasida vafot etganligi aniqlangan.

Tuman sudining 2019-yil 15-aprel kungi hukmi bilan fuqaro Sh.A.Z. O‘zbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют