» » Andijonda o‘gay ukasini daraxt novdasi va beton bilan urib o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

Andijonda o‘gay ukasini daraxt novdasi va beton bilan urib o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi tomonidan JKning 104-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan T.D.ga (erkak kishi) oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qilgan. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, T.D. 2018-yil 20-iyun kuni soat 22:00 larda T.D. xonadoniga mast holda o‘gay ukasi E.Z. qidirib kelgan. Bir necha soat avval T.D o‘gay ukasi va o‘gay otasi Z.Z. bilan janjallashgan bo‘lgan.

T.D. o‘zaro janjal natijasida o‘gay ukasini gilos daraxtining qurigan novdasi bilan ko‘kragiga, beton bo‘lagi bilan esa boshiga urib tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, E.Z. hayot uchun xavflilik mezoni bo‘yicha “og‘ir” tan jarohati olgan, ushbu jarohati tufayli 2018-yil 3-iyul kuni uyida vafot etgan.

Sud T.D.ga JKning 104-moddasi 1-qismi bilan JKning 57, 60-moddasiga asosan, uzil-kesil 1 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют