» » Xorazmda “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi (foto)

Xorazmda “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi (foto)


Joriy yilning 23-aprel kuni Urganch shahrida joylashgan “Yoshlik majmuasi”da viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida tuzilgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining Xorazm viloyati bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Xorazm viloyati FVB aloqa, xabar berish va axborot texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i kapitan Sh.Samandarov xabar berdi.

Musobaqa davomida jami 12 ta umumta’lim maktablari hamda 8 ta kasb-hunar kollejlarining jamoalari ishtirokchilari beshta shart bo‘yicha bellashdi.

Musobaqaning birinchi shartida, guruhlarga beshtadan Favqulodda vaziyatlar borasida umumiy savollar beriladi va besh ballik tizimda baholandi (nazariy). Harakat 10 ballik tizimda baholandi.

Musobaqaning ikkinchi shartida, jabrlanuvchiga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha uchta amaliy savollar berildi va guruh tomonidan bajarilishi tekshirildi. Harakat 10 ballik tizimda baholandi.

Musobaqaning uchinchi shartida, daryodan arqonlar yordamida o‘tish (pereprava) hamda belgilangan vaqtda palatka yoyish mashqini amalda bajardi. Ushbu shart 15 ballik tizimda baholandi.

Musobaqaning to‘rtinchi sharti bo‘yicha, guruh ishtirokchilari har biri bilet tortish yo‘li bilan biletda ko‘rsatilgan tugunni arqon yordamida bog‘lash usulini bajardi. Qutqaruv anjomlaridan qanday holatlarda va usullarda foydalanish zarurligini, o‘z-o‘zini saqlash tizimlarini kiyish, arqon yordamida yuqoriga (jumar yordamida) ko‘tarilish va 6 metr balandlikdan pastga tushish mashqlarini jamoalar amalda bajardi. Ushbu shart 15 ballik tizimda baholandi.

Musobaqaning beshinchi sharti bo‘yicha, guruhlar o‘rtasida 60 metrga to‘siqlar osha estafetali yugurish shartlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Har bir yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun ishtirokchilarga jarima ballar va vaqtlar qo‘shib borildi.

O‘tkazilgan musobaqalarda barcha jamoalar o‘zlarining jismoniy chidamliligini, favqulodda vaziyatlar yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yana bir marotaba oshirib tengsiz kurash olib borishib, shart 15 ballik tizimda baholandi.

Viloyat miqyosida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqasida jamoalar “Umum-jamoa” hisobida quyidagi o‘rinlarni egalladi:

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari bo‘yicha:

Gurlan tumani 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabning “Qalqon” jamosi 1-o‘rinni, Xonqa tumani 46-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Qalqon” jamoasi 2-o‘rinni, Urganch shahar 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Qalqon” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Kasb–hunar kollejlari bo‘yicha:

Qo‘shko‘pir Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejining “Qalqon” jamoasi 1-o‘rinni, Bog‘ot Yengil sanoat kasb-hunar kollejining “Himoya” jamoasi 2-o‘rinni, Gurlan Transport kasb-hunar “Temuriylar” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqada faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat Xalq ta’limi boshqarma boshlig‘i, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan diplomlar, faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Gurlan tumani 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabning “Qalqon” va Qo‘shko‘pir Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejining “Qalqon” jamoalari musobaqaning viloyat bosqichida fahrli 1-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida sport musobaqalariga jami 180 nafar ishtirokchi va komandalarning rahbarlari hamda 165 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda “Zilzilalar vaqtida o‘zini to‘g‘ri harakat qilish”, “Ovqatdan ommaviy zaharlanishni oldini olish”, “Is gazidan zaharlanishni oldini olish” va “Suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarni oldini olish” mavzulari va ko‘rgazmali asbob-anjomlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu mavzularga oid 140 ta eslatma va bukletlar tarqatildi.

O‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqalari davomida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют