» » Toshkentda 9 yil aliment to‘lamagan fuqarodan 54 mln so‘m undirildi

Toshkentda 9 yil aliment to‘lamagan fuqarodan 54 mln so‘m undirildi


MIBning Shayxontohur tuman bo‘limi 2010-yil 26-martdagi arizaga ko‘ra, qarzdor J.Ismailovdan undiruchi D.Ismailova foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun ? qism miqdorida aliment undirish ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Ijro harakatlari davomida “EMM-Steel” tomonidan qarzdor J.Ismailovning oylik ish haqidan 2018-yil 30-avgustga qadar aliment pullari o‘tkazilganligi aniqlangan. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari qarzdor J.Ismailov 2014-yildan 2016-yilgacha “ChTZ” AJda, 2009-yildan 2017-yilgacha “Foton” AJda, 2010-yildan 2018-yilgacha “Deutsche kabel AG Tashkent” AJ kabi qo‘shma korxonalarda ishlaganligini yashirib kelgan.

2019-yil 20-martdagi aliment qarzini hisoblash to‘g‘risidagi jadvalga asosan, qarzdor J.Ismailov tomonidan 2010-yil 15-martdan 2019-yil 1-aprelga qadar oylik ish haqi va yashirilgan boshqa daromadlari bo‘yicha qilingan hisob-kitob natijasida alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 54 046 257 so‘mni tashkil qilgan.

Byuroning Shayxontoxur tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida aliment to‘lamaslik uchun qarzdor tomonidan yashirilgan 54 046 257 so‘m pul 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun D.Ismailovaga undirib berildi.

 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют