» » Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga 1,5 mln rubl undirib berdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga 1,5 mln rubl undirib berdi


Joriy yil boshida Rossiyada ish boshlagan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi o‘zbekistonlik fuqarolarga haq to‘lamagan ish beruvchilardan 1 495 000 rubl miqdoridagi ish haqlarini olishga yordam berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan:

“Ant Yapi” MChJ (Moskva) —300 000 rubl;

“Vozrojdeniye” MChJ (Moskva) — 700 000 rubl (dastlabki 100 000 rubl miqdordagi to‘lov olingan);

“Yevraziya” MChJ (Moskva) — 345 000 rubl;

Turli ish beruvchilardan —150 000 rubl.

Fotoda vakolatxona xodimi va yordam so‘rab murojaat qilgan qashqadaryolik 26 yoshli Rustam Bobokalonov (ish beruvchi 7 oy mobaynida ish haqi to‘lamagan, vakolatxonaga murojaat qilingandan so‘ng 300 000 rubl olingan) aks etgan.

Vakolatxona manzili: Moskva, Kazachiy 1-tor ko‘chasi, 11/2. O‘zbekiston elchixonasi mehmonlar uyi binosi. Telefon: +8 (925) 045-47-44.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют