» » Tashkent City hududidagi Boulevard shopping-avenyusi taqdimoti: tijoriy ko‘chmas mulklar sotuvi boshlandi

Tashkent City hududidagi Boulevard shopping-avenyusi taqdimoti: tijoriy ko‘chmas mulklar sotuvi boshlandi


Barselona, Milan, London, Parij, Nyu-York shaharlarining eng ilg‘or tajribasini uyg‘unlashtirgan, qariyb 3 km masofani egallagan ulkan savdo hududida ko‘nglingiz tusagan xaridlarni qilib, tushlik vaqti xush ko‘rgan qahvaxonangizda eko-sayilgohning yam-yashil manzarasidan bahra olasiz.

Nozik did bilan bunyod etilgan haykallar va muhandislik inshootlaridagi sayrlardan ilhomlanib san’at go‘shalariga tashrif buyurasiz.

Endi bu shunchaki orzu yoki uzoqdagi reja emas —ro‘yobi tomon shahdam borayotgan kelajak, misli ko‘rilmagan istiqbolli ulkan loyiha.

2020-yilda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilayotgan zamonaviy, beqiyos dizayn, bejirim arxitektura yechimlari asosida qad rostlayotgan Boulevard shopping-avenyusi yuqoridagi barcha ta’riflarni o‘zida mujassam etadi.

24-aprel kuni Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi mazkur shopping-avenyusining rasmiy taqdimoti o‘tkazilib, 25-apreldan e’tiboran tijoriy ko‘chmas mulklarning sotuvi ochiq, deb e’lon qilindi.

Ta’kidlash kerakki, jami 21,5 ming kv/m hududga yoyilgan tom ma’nodagi shopping-avenyusi 150 dan ortiq turli ehtiyojlarga yo‘naltirilgan obyektlar: butiklar, go‘zallik salonlari, restoranlar, tibbiyot markazlari, banklar, dorixonalar, supermarketlar, ko‘ngilochar markazlar, maishiy-texnika do‘konlari, madaniy va boshqa xizmat ko‘rsatish inshootlarini o‘z ichiga oladi.

Yerosti suvlaridan ishonchli himoyalangan, zilzilabardoshligi normativ bo‘yicha +9 ballga teng binolar ostida joylashgan.

Inshootlar uchun ajratilgan binolarning ichki qismi 5,2dan 7,2 metrgacha shiftlar balandligi dizayn masalasida istalgan ijodkorlikka yo‘l ochadi.

Bundan tashqari, avenyu majmuaning boshqa chekkalaridagi kabi keng, shinam alohida avtoturargohlar, apartamentlar bilan jihozlanadi.

Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi, jumladan, Boulevard shopping-avenyusi majmuasi bu shaharning qoq markazidagi ishbilarmonlik faoliyatida biznes g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun aqlbovar qilmas imkoniyatdir.

Shunday ekan, biznes g‘oyalaringizni haqiqiy savdo-sotiq uchun ochiq hudud, samarali va unumli imkoniyatlarni taklif etuvchi ulkan loyihaga kiriting hamda biz bilan birga taraqqiy eting.

Yanada to‘liq ma’lumot olish, shuningdek, majmuaning barcha afzalliklari bilan tanishish uchun savdo ofisiga murojaat qilishingiz mumkin:

Yagona ma’lumot markazi: +99871 202-2222

Ofisning ish tartibi: 09:00 dan 19:00gacha. Dam olish kunlarisiz.

Manzil: Furqat ko‘chasi, Tashkent City”XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydoni tomonidan Alisher Navoiy ko‘chasiga harakatlanish hududida.

Dream City kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda:

Sayt

Facebook

Instagram

Telegram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют