» » Qozog‘iston filmi 41-Moskva xalqaro kinofestivalida bosh sovringa ega bo‘ldi

Qozog‘iston filmi 41-Moskva xalqaro kinofestivalida bosh sovringa ega bo‘ldi


“Rossiya” teatrida 41-Moskva xalqaro kinofestivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.

Marosim 25-aprel kuni o‘tkazilgan bo‘lib, Qozog‘istonning “Shaxsiy o‘sish sirlari treningi” (“Trening lichnostnogo rosta”) filmi bosh sovringa ega bo‘ldi. Bank xodimining hayotiy inqirozi haqida hikoya qiluvchi ushbu film ijodkorlariga “Oltin avliyo Georgiy” mukofotini topshirish haqidagi qaror janubiy koreyalik rejissor Kim Ki Duk boshchiligidagi hakamlar hay’ati tomonidan qabul qilingan.

Eng yaxshi ayol roli uchun sovrin “Ikkinchi bosqichdagi hayotim” (“Moya jizn na vtorom kurse”) filmidagi eronlik aktrisa Soxa Niastiga berilgan. Uning mukofotini film rejissori Rasul Sadrameli qabul qilib olgan.

Rejissor mukofot uchun festival tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirgan holda Soxa Niasti filmda ilk bor suratga tushgani va bu film o‘ziga tegishli ekanidan xursandligini aytgan.

Eng yaxshi erkak roli nominatsiyasida esa “Bo‘m-bo‘shlik” (“Pustota”) filmida rol ijro etilgan fin aktyori Tommi Korpela g‘olib deb topilgan. Mukofotni film rejissori Aleksi Salmenperya qabul qilib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют