» » Tramp yadro qurolidan voz kechish istagini bildirdi

Tramp yadro qurolidan voz kechish istagini bildirdi


Donald Tramp AQSh, Rossiya va Xitoy yadro qurolidan voz kechishi kerakligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Bugun men prezident Vladimir Putinning Rossiyada AQSh bilan Kim Chen In va Shimoliy Koreyaga yordam berish imkoniyatidan xursand ekanini ma’lum qilganini ko‘rdim. Biz yadro qurolidan xalos bo‘lishni xohlaymiz. Bundan barcha xalos bo‘lishi kerak, Rossiya ham, Xitoy ham”, — degan Tramp.

Bundan avval Oq Uy Donald Trampga Rossiya va Xitoy ishtirokida yadro qurollarini qisqartirish bo‘yicha yangi kelishuv variantini taklif qilish uchun idoralararo qizg‘in muzokaralar olib borilayotgani haqida ma’lum qilgan.

“Prezident qurollanish ustidan nazorat Rossiya va Xitoyni ham qamrab olishi kerakligi va barcha qurollar va raketlarni o‘z ichiga olishi lozimligi haqida aniq tushuncha berdi”, — degan Oy Uyning yuqori lavozimli rasmiy vakili.

Avvalroq Tramp Rossiya va Xitoyni qurollanish xarajatlarini kamaytirishga chaqirib, mablag‘larni kerakliroq narsaga sarflashni taklif qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют