» » AQShda o‘z egasini o‘ldirib qo‘ygan bahaybat qush auksionda sotiladi

AQShda o‘z egasini o‘ldirib qo‘ygan bahaybat qush auksionda sotiladi


AQShda o‘z egasi bo‘lgan fermerni o‘ldirib qo‘ygan bahaybat qush — kazuar sotishga qaror qilindi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.

Voqea aprel oyining o‘rtalarida sodir bo‘lgan. Kazuar unga ovqat bermoqchi bo‘lgan floridalik 75 yashar fermer Marvin Axosga hujum qilgan. Fermer qoqilib, yiqilib tushgan, qush esa o‘zining og‘ir va o‘tkir tirnoqlari bilan tashlangan.

“Endi nafaqat bu kazuar, balki boshqa barcha ekzotik qushlar 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan auksionda sotiladi”, — deyiladi xabarda.

Kazuarlar Ginnes rekordlar kitobiga eng xavfli qush sifatida kiritilgan. Ularning bo‘yi 2 metr, og‘irligi 60 kilogramm, tirnoqlari uzunligi esa 10 santimetga boradi. Kuchli oyoqlari bilan qaqshatqich zarba berishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют