» » XXIII Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari O‘zbekistonda kutib olindi

XXIII Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari O‘zbekistonda kutib olindi


Qatar poytaxti Doha shahrida 21—24-aprel kunlari yengil atletika bo‘yicha XXIII Osiyo chempionati ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 26-aprel kuni tongda Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mamlakat sha’nini himoya qilgan sportchilar qatorida Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi Ruslan Qurbonov mazkur chempionatda “Uch xatlab sakrash” bo‘yicha 16,93 metr natijani qayd etib, raqiblari orasida tengsiz ekanini isbotladi.

Leytenant Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha 1,90 metr natija bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bosqon uloqtirish bahslarida esa Suhrob Xo‘jayev 72,85 metr natija bilan 3-o‘ringa loyiq topildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют