» » Chernobil fojiasiga roppa-rosa 33 yil to‘ldi (video)

Chernobil fojiasiga roppa-rosa 33 yil to‘ldi (video)


Chernobil atom elektr stansiyasidagi avariya jabrlanuvchilar soni va yetkazilgan iqtisodiy zarar nuqtayi nazaridan atom energetikasi tarixidagi eng yirigi hisoblanadi, deb yozadi “Liga Novosti”.

Roppa-rosa 33 yil oldin, 1986-yilning 26-aprelida Pripyat shahri yaqinidagi Chernobil atom elektr stansiyasining to‘rtinchi energiya blokida texnogen falokat yuz berdi: portlashlar reaktorni vayron qildi, oqibatda atrof-muhitga katta miqdorda radioaktiv moddalar tushdi.

Reaktor uch soniya davomida yo‘q qilindi-1:23:47 va 1:23:50 oralig‘ida.

Portlash yadroviy emas, balki kimyoviy deb hisoblanadi; U kuchli “Iflos bomba” ning ta’siriga o‘xshardi, bu yerda asosiy zararli omil radioaktiv ifloslanishdir.

30 kilometrlik hududdan Pripyat shahri v a 150 ta kichik shahar, qishloqlar aholisi, jami 115 000 kishi evakuatsiya qilindi. 600 000 nafarga yaqin kishi hodisa oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etdi.

SSSR rahbariyati uzoq vaqt davomida nafaqat hodisa oqibatlarini, balki uning sodir bo‘lganini ham yashirgan. Bu haqda nafaqat xorijlik fuqarolar, balki SSR mamlakatlarida yashovchi fuqarolar ham xabar topmagan.

Chernobil AES ishi 2000-yil oxirida butunlay to‘xtatilgan va 2016-yilning qishiga kelib, u to‘liqligicha yangi, zamonaviy qoplama bilan qoplangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют