» » Chernobil AES sayyohlar tashrifi uchun ochildi

Chernobil AES sayyohlar tashrifi uchun ochildi


1986-yilda atom energetikasi tarixida eng yirik avariyalardan biri ro‘y bergan Chernobil AES sayyohlar tashrifi uchun ochildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

AES matbuot xizmatiga ko‘ra, sayyohlar nafaqat stansiyaning asosiy ob’ektlari joylashgan sanoat maydoni, balki oldin yopiq bo‘lgan ichki xonalar, jumladan, uchinchi energoblokni boshqarish zallarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Tashrifga buyurtmalar AES rasmiy saytida qabul qilinmoqda. Bazaviy paket 2,7 ming grivna (100 dollar atrofida) turadi. Bu qiymatga instruktaj, hamrohlik qiluvchi shaxs xizmatlari, stansiya oshxonasida ovqatlanish va individual himoya vositalari kiradi. 18 yoshdan kichik sayyohlar qabul qilinmaydi.

Stansiyaga tashrifdan so‘ng sayyohlar majburiy dozimetriya nazoratidan o‘tadi va ularga olgan dozalari haqida ma’lumotnoma beriladi.

AES rahbariyati kelgusida stansiyaga tashrif hududi kengaytirilishi va bu yerda bo‘lish vaqti 2-3 kungacha uzaytirilishini istisno etmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют