» » Venetsiya hukumati sayyohlar oqimini nazorat qiladi

Venetsiya hukumati sayyohlar oqimini nazorat qiladi


Venetsiya hukumati shaharga tashrif buyuruvchi bir necha millionlik sayyohlar oqimini nazorat qilish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Bu boradagi ilk tadbir kelayotganlarning sonini hisoblash bo‘ladi. Buning uchun shahar hukumati sayyohlar o‘tganida ularni hisoblovchi eksperimental qurilmalarni o‘rnatishga qaror qildi.

Rejalar bo‘yicha hisoblagichlar “strategik hududlar” — temiryo‘l vokzali chiqishida, kemalar to‘xtash joyida hamda shaharga olib boruvchi asosiy ko‘priklarga o‘rnatiladi.

Hozirda mazkur g‘oya Italiya hukumati va YuNESKO tomonidan ma’qullanishi kutilmoqda.

Venetsiya meri Luiji Brunyaro tashabbus ijobiy baholanishiga ishonch bildirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu, eng avvalo, Venetsiyada istiqomat qiluvchi va ba’zan aqlga sig‘mas darajada ko‘p sayyohlar kelishi tufayli turli noqulayliklarga uchrovchi oddiy italiyaliklar hayotini yengillashtirish uchun qilinmoqda.

Qayd etilishicha, sayyohlar uchun yangi dam olish zonalari tashkil etish, keluvchilar nihoyatda ko‘payib ketgan kun xabar berish maxsus tizimini joriy qilish ishlarini amalga oshirish ham mo‘ljallanmoqda. Bundan tashqari, Venetsiyaning Avliyo Mark cherkovi joylashgan asosiy maydoniga kirish uchun to‘lov belgilash g‘oyasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют