» » Rim Kolizeyining 40 yil davomida yopiq bo‘lgan yuqori qism sayyohlar uchun ochildi

Rim Kolizeyining 40 yil davomida yopiq bo‘lgan yuqori qism sayyohlar uchun ochildi


Kolizeyning beshinchi, yuqori sathi sayyohlar tashrifi uchun noyabr oyidan boshlab ochiladi. Bu haqda Italiya madaniyat vaziri Dario Francheskini ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“Bu yerdan Kolizey va Rimning ajoyib manzaralarini tomosha qilish mumkin. Tashrif buyuruvchi buni hayotidagi eng go‘zal ko‘rinish sifatida eslab qoladi”, — dedi vazir.

Yuqori sathga kirish sayyohlarga oxirgi 40 yil mobaynida man etilgandi. Endi bu yerga ko‘tarilish uchun kamida 25 kishidan iborat ekskursiya guruhida oldindan joy buyurtma qilish lozim.

Ma’lumot uchun, antik davrlarda Kolizeyning yuqori qismi aholining past tabaqalari uchun mo‘ljallangandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют