» » Toshkentda Ozbekistonda ilk atom elektr stansiyasi qurilishiga taalluqli xalqaro seminar bolib otdi

Toshkentda Ozbekistonda ilk atom elektr stansiyasi qurilishiga taalluqli xalqaro seminar bolib otdi


Poytaxtdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Ozbekistonda birinchi atom elektr stansiyasining qurilishi. Rossiya tajribasi va ilgor texnologiyalari mavzusida xalqaro seminar bolib otdi. Bu haqda OzA xabar berdi.

Fanlar akademiyasi, Ozatom agentligi, Rosatom davlat korporatsiyasi va Xalqaro atom energiyasi agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy va xorijlik yadro energetika sohasi mutaxassislari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Ozbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish togrisida qabul qilingan qarorga muvofiq otkazilayotgan seminarda Rosatom davlat korporatsiyasi va Xalqaro atom energiyasi agentligi vakillari mamlakatda atom elektr stansiyasining qurilishida Rossiya tajribasidan samarali foydalanish haqidagi fikrlari bilan ortoqlashdi.

Atom elektr stansiyasini qurish boyicha jahon tajribalarini organib chiqdik, dedi Fanlar akademiyasi vakili Ilhom Sodiqov. Jumladan, Rossiya, Xitoy, Kanada kabi davlatlardagi shunday stansiya quradigan kompaniyalar faoliyati bilan tanishib, yakuniy xulosalar boyicha Rosatom davlat korporatsiyasi bilan hamkorlik qilishga qaror qildik. Takidlash kerakki, atom elektr stansiyasini qurish uchun Ozbekiston Rossiyaning zamonaviy yadro texnologiyalari qatoridagi 3+ SSER-1200 reaktorini tanladi. Bu texnologiyalardan nafaqat Rossiya, balki xorij davlatlari ham keng foydalanib kelmoqda. Yana bir muhim jihati, bu texnologiyalar zamonaviy xalqaro xavfsizlik standartlari va talablariga tola javob bera oladi.

Qayd etilganidek, AES faoliyati nafaqat aholi hayoti farovonligi uchun, balki mamlakat iqtisodiyoti, ilmu fani, texnikasi, kadrlar salohiyatining osishida ham katta ahamiyatga ega.

Yillar davomida katta tajriba topladik. Korporatsiyamiz tarkibida 300 korxona bolib, ularda 260 mingga yaqin malakali xodim mehnat qiladi, dedi Rusatom-Xalqaro tarmoq prezidenti Aleksandr Merten. Bugun boshlanayotgan loyiha uzoq yillarga moljallangan bolib, yaqin kelajakda yaxshi samara berishiga ishonchimiz komil.

Seminarda qatnashchilar Rossiyaning atom sanoati sohasidagi ilgor texnologiyalari, Rosatom davlat korporatsiyasining sogliqni saqlash tizimi va yadroviy texnologiyalar orqali turmush darajasini oshirish boyicha yechimlari, Ozbekistonda qurilishi rejalashtirilgan AES uchun mutaxassislar tayyorlash dasturi hamda atom sanoati sohasida loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish masalalari boyicha malumotlarga ega boldi.

Xalqaro atom energiyasi agentligi vakili Xenrik Kristof yadro energetikasi sohasidagi global tendensiyalar haqida tushuncha berdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-10-2018, 22:27)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 20) ( 0) ( 17) ( 3)
:
-
:
20 ... -