» » Toshkent harbiy okrugida qo‘shinlari jangovar shayligining ikkinchi kuni “Chirchiq” poligonida o‘tdi (foto)

Toshkent harbiy okrugida qo‘shinlari jangovar shayligining ikkinchi kuni “Chirchiq” poligonida o‘tdi (foto)


24—25-aprel kunlari Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilgan edi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining “Daryo” ga xabar berishicha, O‘zbekiston Qurolli Kuchlar bosh shtabi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi hamkorligida amalga oshirilgan o‘quv dasturiga asosan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarining ikkinchi kuni “Chirchiq” poligonida davom etdi.

Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev hamda Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari – Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Ruslan Mirzayev rahbarligida barcha kuch tuzilmalarining harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari rejasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra qo‘shinlar va boshqaruv organlari yuqori jangovar shaylikka keltirilib, ishtirokchilar “Chirchiq” dala o‘quv maydoniga olib chiqildi. Unda kuch tuzilmalari tegishli bo‘linmalarining zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi hamkorlikdagi tadbirlarni bajarish ko‘nikmalari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

Razvedka va boshqa muhim ma’lumotlarni tezkor almashish, real vaqt mezonlari asosida samarali va yagona boshqaruvni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi. Mashg‘ulotlar real vaziyatga yaqinlashtirilgan holda o‘tkazildi. Ularda harbiy aviatsiya ham ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari bilan birgalikda olib borilgan o‘quv operatsiyalar davomida noqonuniy qurollangan shartli jangarilar to‘dasi batamom yo‘q qilindi.

Mashg‘ulotlar yakunida bo‘linmalarning harakatlari tahlil qilinib, baholandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют