» » Sergelida yangi qurilgan uylardagi aholi uchun 5 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi

Sergelida yangi qurilgan uylardagi aholi uchun 5 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi


Sergeli tumanida qisqa fursatda 100 dan ortiq ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, aholiga topshirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Mazkur mavzelarda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan fuqarolar ko‘chib kelmoqda. Mazkur oilalarga yanada qulaylik yaratish va ish bilan ta’minlash maqsadida mahallalarda maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va sog‘liqni saqlash maskanlari hamda ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilmoqda.

2019—2020-yillarda Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish Dasturi doirasida Toshkent halqa avtomobil yo‘lida 20 dan ortiq yangi korxonalar qurilishi ishlari olib borilmoqda. Jumladan, ushbu korxonalar orasida tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, 1000 nafar xodimni ishga qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan yirik ishlab chiqaruvchi Bek Mega Textile mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu korxonaning birinchi qismi ishga tushirilib, 300 ga yaqin fuqarolar ishga qabul qilingan.

Shuningdek, Orchid buity MChJ to‘liq ishga tushirilib, bugungi kunda 200 nafardan ortiq fuqarolar ish bilan ta’minlandi. Ishga qabul qilingan fuqarolarning aksariyati yangi ko‘chib kelgan fuqarolar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Hozirgi kunda “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ qo‘shma korxonasi metall mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi, “Rosti Rasti Baraka” MChJ tomonidan bolalar o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish loyihasi, “Adi Set Servis” MChJ tomonidan issiqxona, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash loyihasi, “Oriant Confiction” MChJ tomonidan qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi, “Vivat Mebel” MChJ tomonidan mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi, “Laxisam Pharma” MChJ tomonidan dori vositalarini qadoqlash loyihalarining ishga tushirilishi ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari ushbu hududda 2019—2020-yillarda 2 ta mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatiga, 3 ta tekstil va to‘qimachilik sanoatiga, 2 ta neft va kimyo sanoatiga, 3 ta oziq-ovqat sanoatiga va charm poyabzal sanoatiga mo‘ljallangan loyihalarining ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Mazkur korxonalar negizida besh mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan va 200 million dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb etish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют