» » Shavkat Mirziyoyev Ipak yoli brendi ostida qoshma dastur va mahsulotlarni ilgari surishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev Ipak yoli brendi ostida qoshma dastur va mahsulotlarni ilgari surishni taklif etdi


Bir makon, bir yol ikkinchi xalqaro forumi 27-aprel kuni Yansi xalqaro konferensiyalar markazida delegatsiya rahbarlarining davra suhbati tarzida davom etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati malum qildi.

Unda Shavkat Mirziyoyev nutq sozladi.

Xalqaro va mintaqaviy ozaro bogliklik masalalari Markaziy Osiyo, jumladan, dengiz portlariga bevosita olib chiquvchi yolga ega bolmagan mamlakatimiz uchun dolzarb bolib kelgan va hozir ham shunday. Ozbekiston mamlakatlarimizning barqaror taraqqiyotida muhim omil boladigan Bir makon, bir yol tashabbusini avvalboshdanoq qollab-quvvatlagan, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari forum davra suhbatining Qoshma bayonoti qabul qilinishini maqullab, bu mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, umumiy maqsadlarga erishish, iqtisodiy osishning yangi manbalarini kashf etish, natijada xalqlarimiz turmush darajasi oshishiga xizmat qilishini takidladi.

Prezident Markaziy Osiyoning transport va logistika imkoniyatlarini oshirish, yashil iqtisodiyot orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, turizmni rivojlantirish, ekologik muammolarni birgalikda bartaraf etish va boshqa dolzarb masalalar boyicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Markaziy Osiyo mintaqasining tranzit salohiyatini royobga chiqarish hamda Xitoy Markaziy Osiyo Garbiy Osiyo iqtisodiy yolagini shakllantirish dolzarb ahamiyatga ega ekani takidlandi. Toshkent Andijon Osh Irkishtom Qoshgar avtomobil yolagi, Ozbekiston Qirgiziston Xitoy va Mozori Sharif Kobul Peshovar temir yollari loyihalari bu borada katta istiqbollar ochishi qayd etildi. Shuningdek, Sariq dengiz portlari Markaziy Osiyo Yevropa yonalishi boylab temir yolda yuk tashishga bir xil tarif ornatish ham iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq.

Prezident yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun qishloq xojaligiga zamonaviy texnologiyalar va ilgor yechimlarni joriy etish masalalariga etiborni qaratdi.

Orol dengizi qurishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik vaziyatni bartaraf etish umumiy vazifa ekanini takidlar ekan, Shavkat Mirziyoyev sheriklarni BMTning Orolboyi mintaqasi uchun Trast fondi hamda Orolboyi hududida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi faoliyatida ishtirok etishga chaqirdi.

Turizm sohasida almashinuvlarni rivojlantirish, buning uchun Ipak yoli brendi ostida qoshma dastur va mahsulotlarni ilgari surish boyicha dolzarb takliflar bildirildi.

Davlat rahbari Afgoniston masalasiga ham etibor qaratib, ushbu mamlakatda tinchlik ornatilishi Markaziy va Janubiy Osiyoda yangi taraqqiyot manbalari yaratishini takidladi. Shavkat Mirziyoyev bu boradagi dolzarb masalalar joriy yil kuzida Toshkentda bolib otadigan Afgoniston boyicha Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasida (RECCA) muhokama qilinishini malum qildi.

Davlat rahbarining fikr va tashabbuslari qiziqish bilan kutib olindi.

Bir makon, bir yol ikkinchi xalqaro forumi bugun yakunlanadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-04-2019, 11:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -