» » Moskvada FXXning 3 nafar polkovnigi hibsga olindi

Moskvada FXXning 3 nafar polkovnigi hibsga olindi


Moskva Basman sudi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati “K” boshqarmasining sobiq xodimi Andrey Vasilyevni hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi, deb xabar beradi Sputnik.

Vasilyev tergov izolyatorida kamida 25-iyungacha bo‘ladi.

Bundan tashqari, bugun yana ikki nafar polkovnik hibsga olindi. Ulardan biri Dmitriy Frolov xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi, boshqasi esa Kirill Cherkalin hozirgi vaqtda tizimda xizmat qilmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yilda xavfsizlik xodimlari Glyadelkin familiyali shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilishgan.

Oqibatda Glyadelkin kompaniya ustav kapitaliga tegishli bo‘lgan ulushni ta’magirlarga berib yuborishga rozi bo‘ladi.

Yetkazilgan zarar 490 million rublni tashkil qildi.

Shu bilan birga, FXX xodimi Cherkalin juda ko‘p miqdorda pora olishda gumonlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют