» » Navoiyda lazerli jarrohlik amaliyoti markazi ish boshladi

Navoiyda lazerli jarrohlik amaliyoti markazi ish boshladi


Navoiyda ish boshlagan “Nova lazer” klinik shifoxonasida malakali mutaxassislar tomonidan lazerli jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi, deb xabar beradi O‘zA.

Mazkur xususiy tibbiyot muassasasining ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari F.Soliyev hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Ushbu loyiha 150 ming AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli bank krediti va 2 milliard so‘mlik o‘z mablag‘larimiz hisobidan amalga oshirildi. Tibbiy uskunalarni Germaniya va Buyuk Britaniyadan keltirganmiz. Xizmatlarimiz Yevropa standartlariga to‘la javob beradi. Barcha turdagi jarrohlik amaliyotlari tig‘ tekkizmasdan lazerli usulda amalga oshiriladi”, — deydi klinika bosh shifokori Erkin Ashurov.

40 nafar malakali mutaxassislar mehnat qilayotgan muassasada xorij tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yaqinda 2 nafar shifokor Germaniyada malaka oshirishga jo‘natildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 14:13)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют