» » Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy tibbiyot muassasalari soni 100 dan oshdi

Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy tibbiyot muassasalari soni 100 dan oshdi


Bugungi kunda Navoiy viloyatida 132 xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu shifoxonalarning aksariyatida ambulator sharoitida hamda kunduzgi davolash xizmatlari tashkil etilgan. Xususiy shifo maskanlari uchun ruxsat etilgan ixtisosliklarning 41 turi bo‘yicha aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

— Sohani yanada rivojlantirish maqsadida “Asaka bank” aksiyadorlik tijorat banki huzurida tashkil etilgan Nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 1 million dollari miqdorida foizsiz imtiyozli kredit 10 tadbirkorlik subyektiga taqsimlab berildi, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Yodgor Abdualimov. — Ushbu mablag‘ evaziga xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy MRT, raqamli rentgen, UTT, klinik laboratoriya analizatorlari, endoskopiya, jarrohlik asbob-uskunalari keltirildi.

“Tibtexnika” mas’uliyati cheklangan jamiyati tibbiyot muassasalarini zarur jihoz va asbob-uskunalar bilan ta’minlaydi. Joriy yilda jamiyat tarkibida “Nav Med” diagnostika markazi ishga tushirildi. Markazga 380 ming dollarlik zamonaviy magnitli-rezonansli tomograf uskunasi o‘rnatildi.

Markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun qiymati 5 milliard so‘mlik loyiha amalga oshirildi, deydi “Tibtexnika” MChJ rahbari Shavkat Sharipov. — Bunda shaxsiy sarmoyamizdan tashqari Nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasining imtiyozli mablag‘i hisobidan 3 milliard so‘m sarflandi. Markazda 12 mutaxassis ish bilan ta’minlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют