» » 15-soniya. Nabi Keyta “Liverpul”ning APLdagi eng tezkor golini urdi

15-soniya. Nabi Keyta “Liverpul”ning APLdagi eng tezkor golini urdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 36-turidan o‘rin olgan bahsda “Liverpul” o‘z maydonida “Haddersfild”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (5:0).

Uchrashuvning 15-soniyasidayoq maydon egalari yarim himoyachisi Nabi Keyta hisobni ochdi. Bu “qizillar”ning Premyer ligada urgan eng tezkor goli hisoblanadi, deb yozadi BBC.

Bundan tashqari 24 yoshli gvineyalik “Liverpul”ning joriy mavsumdagi 100-goliga ham mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Nabi Keyta joriy mavsum Premyer liga doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют