» » APL. “Liverpul” Shaqirining dubli evaziga “Manchester Yunayted”ni taslim qildi (video)

APL. “Liverpul” Shaqirining dubli evaziga “Manchester Yunayted”ni taslim qildi (video)


16-dekabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 17-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuv yakuniga yetdi.

Unda Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limning 24-daqiqasida Sadio Mane mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 33-daqiqada Jessi Lingard hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Jerdan Shaqiri Nabi Keyta o‘rniga maydonga tushdi. Aynan Shaqiri 73 hamda 80-daqiqalarda 2 ta gol urib, jamoasing g‘alabasini ta’minladi.

Natijada “Liverpul” o‘z ochkolarini 45 taga yetkazib oldi va birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

APL

17-tur bahsi

16-dekabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 24 Mane, 1:1 – 33 Lingard, 2:1 – 73 Shaqiri, 3:1 – 80 Shaqiri.

“Liverpul”: Alisson, Lovren, Robertson, Klayn, van Deyk, Veynaldum, Fabino, Keyta (Shaqiri, 70), Mane (Henderson, 84), Saloh, Firmino.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Darmian, Lindelyof, Yang, Bayi, Errera (Marsial, 79), Lingard (Mata, 85), Matich, Diogu Dalot (Fellaini, 46), Reshford, Lukaku. Preduprejdeniya: Diogu Dalot (26), Lukaku (40).

Manening goli

Lingardning goli

Shaqirining 1-goli

Shaqirining 2-goli

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют