» » APL. “Liverpul” “Vest Hem”ni yirik hisobda taslim etdi, Sadio Manedan dubl (video)

APL. “Liverpul” “Vest Hem”ni yirik hisobda taslim etdi, Sadio Manedan dubl (video)


Bugun, 12-avgust sanasida Angliya premyer-ligasi 1-turi doirasida 2 ta uchrashuv yakuniga yetdi.

Yurgen Klopp yetakchiligidagi “Liverpul” o‘z maydonida yangi mavsum uchun ko‘plab yangi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan “Vest Hem”ni qabul qilib, yirik 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Mezbonlar tarkibida Sadio Mane dublga erishgan bo‘lsa, Muhammad Saloh hamda Daniyel Starrij ham bir martadan o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Liverpul” mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi.

Yana bir bahsda “Sauthempton” o‘z uyida “Byornli”ga qarshi bahs olib borib, golsiz durangga rozi bo‘ldi.

Ayni damda turning so‘nggi o‘yini “Arsenal” hamda “Manchester Siti” o‘rtasida kechmoqda.

Angliya premyer-ligasi

1-tur bellashuvlari

12-avgust, yakshanba

Gollar: 1:0 – 19 Saloh, 2:0 – 45 Mane, 3:0 – 53 Mane, 4:0 – 88 Starrij.

“Liverpul”?: Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Keyta, Veynaldum, Milner, Mane (Shakiri, 82), Saloh (Starrij, 87), Firmino (Henderson, 69).

“Vest Hem”: Fabianski, Balbuena, Ogbonna, Masuaku, Rays (Snodgrass, 46), Antonio, Nobl, Felipe Anderson (Ernandes, 62), Uilsher, Arnautovich (Yarmolenko, 67), Frederiks.

Ogohlantirishlar: Aleksander-Arnold (21), Antonio (52), Balbuena (55).

“Sauthempton”?: Makkarti, Vestergor, Xudt, Bertran, Stivens, Armstrong (Ingz, 56), Romeu, Redmond, Lemina, Soaresh (Elyunussi, 56), Ostin (Gabbyadini, 72).

“Byornli”?: Hart, Tarkovski, Uord, Louton, Mi, Kork, Vestvud, Xendrik (Barns, 76), Gudmundsson (Teylor, 87), Lennon, Vud (Vouks, 73).

Ogohlantirish: Kork (15).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют