» » “Borussiya D”—“Shalke-04”, “Bavariya”—“Nyurnberg”. Bundesliga 31-tur o‘yinlari anonsi

“Borussiya D”—“Shalke-04”, “Bavariya”—“Nyurnberg”. Bundesliga 31-tur o‘yinlari anonsi


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 31-tur o‘yinlari 26-aprel kuni boshlandi.

Turni “Augsburg”—“Bayer” uchrashuvi boshlab berdi.

Bellashuv davomida mezbon jamoa himoyachisi Kevin Danso kiritgan golga “Bayer” klubi Kevin Folland (15), Kevin Haverts (48), Jonatan Ta (60), Yulian Brandtning (88) urgan gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Bayer” safarda kechgan bahsda “Augsburg”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (4:1).

27-aprel, shanba kuni Lyusyen Favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Shalke-04”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, dortmundliklar avvalgi turda “Frayburg” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgandi (4:0).

28-aprel, yakshanba kuni musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Myunxenning “Bavariya” jamoasi mehmonda “Nyurberg” bilan bahsga kirishadi. O‘yinga soat 21:00 da start beriladi. Ma’lumot uchun, myunxenliklar 30-turda “Verder”ni kichik hisobda yutgandi (1:0).

30-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Bundesliga

31-tur bahslari

26-aprel, juma

Gollar: 1:0 — 12 Danso, 1:1 — 15 Folland, 1:2 — 48 Haverts, 1:3 — 60 Ta, 1:4 — 88 Brandt

27-aprel, shanba

28-aprel, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют